Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning ijara huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishga ruxsat berilmoqda

Saqlash
23:29 / 19.01.2024 1885 0

“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi. Qayd etilishicha, mazkur Farmon Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

 

Unga koʻra, 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat etiladi. Bunda:

 

– shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlar yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda holda oʻtkaziladi;

 

– ijaraga oluvchi yerga ijara huquqini oʻtkazishdan oldin undan kamida 3-yil, 2021-yilgacha hokim qarori bilan olgan boʻlsa, kamida 5-yil davomida oʻzi foydalangan boʻlishi kerak;

 

– ijaraga oluvchi auksion yoki tanlov natijasiga koʻra boʻlib-boʻlib toʻlash majburiyatlarini toʻliq bajargan boʻlishi shart;

 

– yuridik shaxslar oʻzlariga toʻgʻridan toʻgʻri ravishda ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab 5-yildan keyin boshqa shaxsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//