Jamiyat
Samarqand shahrida yashovchi oilaning besh nafar aʼzosi is gazi bilan zaharlangan. Hodisa 2023-yil 18-dekabr kuni sodir boʻlgan.
Shaharning Sarbon mahallasida yashagan, 1986-yilda tugʻilgan F.A., uning xotini, 1993-yilda tugʻilgan R.A., ularning qizlari, 2014-yilda tugʻilgan Sh.A., 2019-yilda tugʻilgan Sh.A. va oʻgʻli 2023-yilda tugʻilgan A.A. is gazidan zaharlangan.
Hodisada hech kim vafot etmagan va jabrlanuvchilar zudlik bilan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filialiga yotqizilgan.
Qayd etish kerak, avvalroq Qoraqalpogʻiston respublikasida bir oilaning 5 nafar aʼzosi, Namangan viloyatida esa 4 kishi is gazidan vafot etgani xabar qilingandi. Shuningdek, Fargʻona viloyatida ham bir oilaning 4 aʼzosi gazdan zaharlanib halok boʻlgan.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91314
Jamiyat
76011
Jamiyat
//
Izoh yo‘q