Jamiyat
15-dekabrdan 16-dekabrga oʻtar kechasi Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida bir oilaning 4 aʼzosi is gazidan zaharlangan. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, M.M. (1975-yilda tugʻilgan, erkak), uning turmush oʻrtogʻi K.K. (1982-yilda tugʻilgan) hamda ularning 19 va 14 yoshli qiz farzandlari oshxonadagi gaz plita orqali rezina shlang bilan zavod usulida tayyorlangan “Eron pechkasi”ga ulanib, undan tabiiy gaz isi chiqishi oqibatida zaharlangan va vafot etgan.
Holat sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy va boshqa turdagi tegishli ekspertizalar tayinlandi, tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruvni olib bormoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110638
Jamiyat
94421
Jamiyat
90313
Jamiyat
74096
Jamiyat
//
Izoh yo‘q