Jamiyat
Bugun, 18-dekabr kuni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.
Oyina.uz muxbirining xabar berishicha, yigʻilishda mutaxassis va olimlar koʻplab taklif va eʼtirozlarni eʼtiborga olib, Ch qoʻsh harfini C emas, Ç shaklida ifodalash yuzasidan kelishib oldi.
Qayd etish kerak, sentabr oyida taklif etilgan loyihada Ch harfidan tashqari, quyidagi oʻzgarishlar ham nazarda tutilgan:
Sh qoʻsh harfini Ş shaklida, yaʼni bir harf bilan ifodalash;
Oʻ harfini Õ shaklida, Gʻ harfini Ğ shaklida yozish.
Ushbu harflarni kompyuterning standart klaviaturasida qaysi klavishlar oʻrnida aks ettirish ham eʼtiborga olingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Cobra Bubbles
00:12 / 19.12.2023
Assalomu alaykum O' va G' harflariga o'zgartirish kiritilsa juda yaxshi lekin Sh va Ch harflari qanaqa qiyinchilik tug'dirayapti bunga ko'pchilik hayron. Agar Sh va Ch harflarini ham (dumliga) o'zgartirsak Standart klaviaturada yana ham qiyinlashib ketadiku matn yozish, o'zi maqsad qulaylik yaratish emasmi? Bitta joyni to'g'irlab ikkinchi joyni buzishdan nima foyda? MAQSADDAN CHETLASHIB QOLMAYAPMIZMIKAN?!