Jamiyat
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oyina.uz xabar bermoqda.
Tadbirda Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi Odiljon Iminov, Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodirjon Xolbo‘tayev, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo va boshqa mutasaddi shaxslar, mutaxassis olimlar va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Anjuman kun tartibiga ko‘ra o‘zbek lotin alifbosidagi ayrim harflarni o‘zgartirish masalasi muhokama qilindi. Loyihani O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri, filologiya fanlari doktori Yorqinjon Odilov taqdim etdi.
Taklif etilayotgan loyihaga ko‘ra:
Ch va Sh qo‘sh harflari C va Ş shaklida, ya’ni bir harf bilan ifodalanmoqda.
O‘ harfini Õ shaklida, G‘ harfini Ğ shaklida yozish taklif etilmoqda.
Ushbu harflarni kompyuterning standart klaviaturasida qaysi klavishlar o‘rnida aks ettirish ham loyihada e’tiborga olingan.
Alifbodan ng harfini chiqarib tashlash 42 ovoz bilan ma’qullandi. Bu harf birikmasini alifboda qoldirishni yoqlab 16 kishi ovoz berdi. Umumiy holatda esa loyihani qo‘llab-quvvatlashda yakdillik kuzatildi. Jumladan, tilshunoslar Inomjon Azimov, Baxtiyor Mengliyev, Eldor Asanov, adabiyotshunos Shuhrat Sirojiddinov, yozuvchi Isajon Sulton, notiq Rahimboy Jumaniyozov, Xushnud Xudoyberdiyev taklif etilayotgan loyihani ma’qullagan bo‘lsa, adabiyotshunos Uzoq Jo‘raqulov, tilshunoslar Baxtiyor Abdushukurov, Jo‘ra Xudoyberdiyev e’tirozini bildirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
2 Izohlar
Madina Aliyeva Nishonovna
12:09 / 23.09.2023
Assalomu aliykum ustozlar. Men G, Õ, Ğ harflari qanday bõlsa shunday qolishini xohlayman. Sababi õzi allaqachon buni ongiga singdirib bõlgan õquvchi endi õzgarishlar sabab biroz qiynaladi deb õylayman. Lekin haqiqatdan ham ng harfida ayniqsa bõğin kõchirishda xatolarga yõl qõyilar edi. Bu harfning alifboda alohida alohida tovush sifatida qõllanishi maqsadga muvofiq bõlar edi.
Yunus
12:09 / 23.09.2023
Alifboni isloh qilish shart. Komyuterga g‘ harfini to‘g‘ri yozish uchun 4 harakat (amal) bajarish kerak. O‘ harfida ham shunday. Umuman, taklif qilinayotgan loyihani 100% qo‘llab quvvatlayman. Alifboda ng harfini qoldirish ortiqchalik.