Ch harfi Ç tarzida oʻzgartirilishi mumkin

Saqlash
21:51 / 18.12.2023 2671 5

Bugun, 18-dekabr kuni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.

 

Oyina.uz muxbirining xabar berishicha, yigʻilishda mutaxassis va olimlar koʻplab taklif va eʼtirozlarni eʼtiborga olib, Ch qoʻsh harfini C emas, Ç shaklida ifodalash yuzasidan kelishib oldi.

 

 

Qayd etish kerak, sentabr oyida taklif etilgan loyihada Ch harfidan tashqari, quyidagi oʻzgarishlar ham nazarda tutilgan:

 

Sh qoʻsh harfini Ş shaklida, yaʼni bir harf bilan ifodalash;

 

Oʻ harfini Õ shaklida, Gʻ harfini Ğ shaklida yozish.

 

Ushbu harflarni kompyuterning standart klaviaturasida qaysi klavishlar oʻrnida aks ettirish ham eʼtiborga olingan.

5 Izohlar

Samandar Norboʻtayev

01:02 / 13.02.2024

Oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlayman. Ammo baʼzi eʼtirozlarim ham yoʻq emas. Yaʼni alifbomizdan Xx harfini va tutuq belgisini chiqarib tashlash va shuningdek Ngng harfiy birikmasini Ññ harfi bilan almashtirish kerak.

Sharipov Tolmas Tolib oʻgʻli

06:12 / 20.12.2023

Juda yaxshi. Tezroq tuzatish kerak alifbomizni. Tilimiz rivoji ham bevosita shunga bogʻliq.

Shaxboz Ubaydullayev

16:12 / 19.12.2023

Ushbu loyiha bo'yicha takliflarim bor. Aslida O' va G' harflarida qo'shimcha belgining borligi komyuter tilida ayrim muammolarni keltirib chiqarayotgandi xolos. Ushbu harflarga ahamiyat berish va kelishuv qilib olish bu yaxshi. umuman olganda aynan mana shu harflarga o'zgartirish kiritishni ma'qullayman. Biroq, Sh va Ch harflari ikki harfning birikmasidan hosil bo'layotganining nima yomon tomoni bor? Men bu harf birikmalarini bitta qilishga qarshiman. Ahamiyat berib qarasangiz ng harf birikmasi ham bizning alifbomizda bor. Nimaga uni ham bitta harf ko'rinishida qilinmayapti?! Aslini olganda, alifboni almashtiraverish fuqarolar bir millat va bir tilda gaplashsa ham kun kelib, avlodlar ajdodlarni umuman tushunmasligiga olib keladi. Chunki, ajdodlar yozgan pandnomalarni avlodlar tushunmaydi, o'qiy olmaydi. Huddi biz eski o'zbek adabiy tilida yozilgan adabiyotlarni o'qiy olmaganimiz kabi...

Jo'ra Xudoyberdiyev

15:12 / 19.12.2023

Bu sohada faoliyat yuritayotganlar dastlab alifbolarni o'zgartirish, isloh kiritish borasidagi 100 yillik jarayonlarni o'rganishi, hech bo'lmaganda bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko'tarilayotgan jadidlarning alifbo bilan bog'liq qarashlarini atroflicha o'rganishi, ulardan xolis xulosalar qilib, barcha muammolarni aniqlab, bu millat oldidagi katta mas'uliyatni his qilib keyin alifboni isloh qilishga kirishsa yaxshi bo'lardi. Taklif etilayotgan loyiha ham o'zbek alifbosi bilan bog'liq muammolarni to'liq hal qilmaydi. Yaxshisi, bunday chala islohni amalga oshirmagan ma'qul.

Dilorom

05:12 / 19.12.2023

Assalomu alaykum. Yangi alifbomiz loyihasi ancha mukammal o' ylangan, to' g' ri xulosalarga kelingan. 4 harfni o'zgartirish haqidagi taklif qabul qilinishi lozim. Qarorni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Yangi loyihadagi alifbo kelajakda hech qachon o'zgartirilmaydigan yozuvimiz bo' ladi, inşaaAlloh.

Izoh qoldirish

//