Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi lolazor hududida transport vositalarida harakatlanilgani aks etgan video tarqaldi.
Holat Qashqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Xabarga ko‘ra, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar aniqlanib, ularga tegishli transport vositalari belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, huquqbuzarlik natijasida tabiatga 6 mln 592 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblangan. Shuningdek, uchala huquqbuzarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan (20 million 600 ming so‘mdan), jami 61 mln 800 ming so‘m jarima tayinlangan.
“Huquqbuzarlar jarima va zararni birgalikda to‘lashi belgilandi”, deyiladi xabarda.
Ekologiya qo‘mitasi yurtdoshlarimizni atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga, asrab-avaylashga chaqirmoqda.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112414
Jamiyat
95073
Jamiyat
91287
Jamiyat
75984
Jamiyat
//
Izoh yo‘q