Jamiyat
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bilan birga jinoiy javobgarlikka ham tortilishi kutilmoqda. Bu haqda advokat Behzod G‘aniyev o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, 2026-yil 17-aprelda qabul qilingan qonunda soliqlarni to‘lashdan juda ko‘p miqdorda (BHMning 1000 baravaridan) bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bilan birga 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmoqda.
G‘aniyevning qo‘shimcha qilishicha, qonun kuchga kirgach Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan va ushbu jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan taqdirda, mahkumlar jazoni avvalgidek manzil-koloniyada emas, umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.
Shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish jazosi oldingidek to‘rtdan bir qismi emas, yarmi o‘talgan taqdirdagina boshqa yengil jazoga almashtirilishi mumkin.
Qonun 2026-yil 18-iyuldan amalga tatbiq etiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112159
Jamiyat
94843
Jamiyat
90913
Jamiyat
75696
Jamiyat
//
Izoh yo‘q