Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shaxmatchi, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorovni sharaflashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston shaxmati tarixida birinchi marotaba Javohir Sindorov Nomzodlar turnirida g‘alaba qozonib, tom ma’noda tarixiy natijaga erishdi.
Prezidentimiz marosimda so‘zga chiqib, Javohir Sindorovni mazkur tarixiy zafar bilan yana bir bor samimiy qutladi. Bu butun xalqimizning, Yangi O‘zbekistonning g‘alabasi ekanini ta’kidladi.
.png)
“Albatta, hech bir natija o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning zamirida uzoq yillik tinimsiz mehnat, bolalikdan orttirilgan tajriba, qat’iy iroda, temir intizom, va, albatta, ustoz va murabbiylarning sabog‘i, ota-ona, bobo va buvijonlarning duosi mujassam. Fursatdan foydalanib, mana shunday o‘zbek o‘g‘lonini tarbiyalab, voyaga yetkazgan bobong va buvingga, ota-onangga, ustoz va murabbiylaringga yana bir bor o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman”, dedi davlat rahbari.
Qayd etilganidek, Javohir Sindorov turnir davomida shaxmat taxtasi ustida o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan mustahkam iroda, o‘ziga ishonch, chuqur tafakkur va sabr-bardoshni namoyon etdi. Ayniqsa, Hindiston, AQSh, Xitoy, Niderlandiya, Germaniya va Rossiya vakillari bo‘lgan super grossmeysterlarga qarshi bosiqlik va mardonavorlik bilan kurash olib borgani alohida e’tirof etildi.
.png)
Marosimda Javohir Sindorov oldida turgan navbatdagi yuksak marralar haqida ham so‘z yuritildi. Uning jahon shaxmat toji uchun bo‘ladigan hal qiluvchi bellashuvda munosib ishtirok etishiga, o‘zbek shaxmat maktabining salohiyati va shon-shuhratini yana bir bor butun dunyoga namoyon etishiga ishonch bildirildi. Shuningdek, bu yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tadigan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida ham xalqimiz g‘alaba kutayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, Javohir Sindorov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangani to‘g‘risidagi Prezident farmoni o‘qib eshittirildi. Davlat rahbari ushbu yuksak mukofotni tantanali ravishda topshirdi.
.png)
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112155
Jamiyat
94839
Jamiyat
90903
Jamiyat
75689
Jamiyat
//
Izoh yo‘q