Siyosat
Oʻzbekistonga 9-dekabrdan Ural va Gʻarbiy Qozogʻiston orqali Rossiyaning Shimoliy Yevropa hududlaridan juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
“Oʻzgidromet”ga koʻra, sovuq havo massasi 9−10-dekabr kunlari shimoliy hududlarga, 11−12-dekabrda esa butun respublika hududiga tarqaladi.
10−11-dekabr kunlari respublika boʻylab yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir qorga aylanishi mumkin).
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 11−12-dekabrda kechasi −7…−10 darajagacha, kunduzi 0…-3 darajagacha pasayadi. Shimolda kechasi −12…−17 daraja, kunduzi −5…−10 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida 10−11-dekabrda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir qorga aylanishi mumkin). 11−12-dekabrda havo harorati kechasi −7…−10 daraja, kunduzi 0…-3 darajagacha pasayadi.
“9−12-dekabr kunlari uchun ob-havo maʼlumoti maslahatomuz hisoblanadi. Agar keskin sovuq yangi maʼlumotlar bilan tasdiqlansa, Oʻzgidromet maxsus xabari bilan eʼlon qiladi”, — deyiladi xabarda.
Bungacha agentlik Oʻzbekistonda dekabr oyi qish uchun xos boʻlmagan iliq ob-havo bilan boshlanishi haqida xabar bergandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q