Jamiyat
Bu yilgi dekabr oyi sovuq boʻlmaydi, oʻrtacha oylik harorat meʼyordan yuqori, baʼzi hududlarda meʼyor atrofida boʻlishi kutilmoqda.
“Oʻzgidromet”ga koʻra, dekabr oyi qish uchun xos boʻlmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Eng issiq kunlarda havo harorati +15…+18 darajagacha, janubda +20…+22 darajagacha koʻtariladi.
Havo harorati kechasi –1…–6 darajagacha, shimolda –8…–13 darajagacha pasayishi kuzatiladi. Sinoptiklarning qayd etishicha, dekabr oyi uchun bu normal holat hisoblanadi.
Oyning birinchi haftasida Oʻzbekiston boʻylab havoning yogʻingarchiliksiz boʻlishi, havo harorati kechasi +2…+7, kunduzi +13…+18 daraja boʻlishi kutilmoqda. Bunday quruq va iliq boshlanish Oʻzbekistonda juda kam uchraydi.
Keyinchalik — oyning oxirigacha havo harorati kechasi +5…+8 darajadan –3…–6 darajagacha, kunduzi +15…+18 darajadan +2…+5 darajagacha boʻlishi kutilmoqda. Oy davomida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchiliklar kuzatiladi.
Soʻnggi 50 yildagi eng sovuq dekabr 1984-yilda boʻlgan. Kechasi havo harorati sovuqning eng yuqori choʻqqisida –18…–23 darajagacha, baʼzi joylarda –25…–27 darajagacha pasaygan.
2022-yilning dekabr oyi birinchi kunlaridanoq qor yogʻishi va havo haroratining keskin pasayishi bilan oʻzining qishki xarakterini koʻrsatgan. Juda sovuq havo deyarli oyning oʻrtalariga qadar davom etgan. Kechasi bu davrda havo harorati koʻpchilik hududlarda –10…–15 darajagacha, shimoliy va choʻl hududlarda –19…–24 darajagacha pasaygan.
Faqatgina respublika janubida va Fargʻona vodiysida havo unchalik sovuq boʻlmagan, minimal harorat –1…–6 daraja atrofida boʻlgan.
Oʻtgan yili qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik respublikaning markaziy tumanlari tekisliklari boʻylab qor qoplamining shakllanishiga olib kelgan va bu qariyb 10 kun davom etgan. Maksimal qor balandligi 7–12 sm, baʼzi joylarda 13–17 santimetrgacha boʻlgan.Togʻli hududlarda qor qoplamining balandligi 40–90 santimetrga yetgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q