Shaxmat boʻyicha jahon chempioni boʻlgan Afruza Hamdamovaga 100 mln, murabbiyiga esa 50 million soʻm pul mukofotlari topshirildi

Saqlash
14:40 / 27.11.2023 1171 0

Afruza Hamdamova shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston tarixida qizlar oʻrtasida ilk jahon chempioni boʻlgani haqida xabar bergandik. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 26-noyabr tongida Oʻzbekistonga qaytib kelgan sportchini shaxsan kutib oldi.
 

“Oʻz gʻalabalari bilan barcha tashabbuslarimiz, biz kurashayotgan maqsadlarimiz toʻgʻri ekanini tasdiqlagan Afruzadan juda minnatdorman. Teng imkoniyatlar, xotin-qizlarga hurmat va ular iqtidorining eʼtirofi shular jumlasidan”, — deb yozdi u oʻz sahifasida.
 

 

 

Saida Mirziyoyeva qizning bosh murabbiyi — otasi Akbar Hakimovga alohida minnatdorlik bildirdi.
 

“Qizaloqning bosh murabbiyi — otasi Akbar aka Hakimovga alohida rahmat aytmoqchiman. Qizingizning isteʼdodini rivojlantirishga kuch va vaqtingizni ayamaganingiz uchun tashakkur. Xotin-qizlarimizni yuqoriga koʻtarayotgan bunday otalar, erkaklar yanada koʻp boʻlsin. Afruzamizga hamisha omad va baxt hamroh boʻlsin!”, — dedi Mirziyoyeva.
 

 

Afruza Hamdamovaga 100 million soʻm, murabbiyiga esa 50 million soʻm pul mukofotlari topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//