Sport
Italiyada oʻtayotgan shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida Oʻzbekistonlik Afruza Hamdamova muddatidan avval jahon chempioni boʻldi.
Afruza oxirgi turda qanday natija boʻlishidan qatʼi nazar chempionga aylanadi, chunki unga yetib olishi mumkin boʻlgan yagona taʼqibchisi – qozogʻistonlik shaxmatchini oʻzaro oʻyinda magʻlub etgan. Musobaqa nizomiga koʻra, ochkolar teng kelib qolsa, oʻzaro oʻyinga qaraladi.
Shu tariqa Afruza Oʻzbekiston tarixida qizlar oʻrtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi. Shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova oʻz yosh toifalarida kumush medalni qoʻlga kiritgan edi.
“Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri Husan Karvonlining maʼlum qilishicha, viza bilan bogʻliq muammolar sabab musobaqaning 1-turiga yetib borolmagan.
“Afruza 2-turdan 10-turgacha – 9 partiyaning barchasida gʻalaba qozonib, chempionat tugashiga hali yana 1 tur qolganida, muddatidan oldin jahon chempioni boʻldi”, – deb yozadi Karvonli.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q