Siyosat
Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam markazining bemorga nisbatan jinsiy tajovuzda gumon qilinayotgan feldsheri qoʻlga olingan.
Poytaxt IIBBning “Gazeta.uz”ga maʼlum qilishicha, Olmazor tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish, moddaning 1-qismiga koʻra, mazkur jinoyat 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, erkak gumonlanuvchi maqomida. Hozirda zaruriy ekspertiza tayinlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ish tugagach, qonuniy qaror qabul qilinadi”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Eslatib oʻtamiz, 17-noyabrga oʻtar kechasi universitetda oʻqituvchi boʻlib ishlaydigan va kichkina farzandini yolgʻiz oʻzi tarbiyalayotgan ayol oʻzini yomon his qilgani uchun tez yordam chaqirib, ayol shifokor kelishini soʻragan. Bloger Shahnoza Soatova jabrlanuvchi tanishiga tayanib, tez tibbiy yordam shifokori unga bir necha marta ukol qilganini, ayolning ahvolidan foydalanib, “nomaqbul harakatlarga qoʻl urganini, uni qoʻli bilan zoʻrlaganini” yozgan.
Maʼlum qilinishicha, profilaktika inspektori uning ayoldan “bu jinoyatni isbotlash qiyin” boʻlgani uchun koʻrsatmalarini qaytarib olishni soʻragan. Tez tibbiy yordam markazi rahbariyati ichki tekshiruv oʻtkazishni tayinlagan.
Mavzuga doir: SSV bemor ayolga uyatsiz harakatlar qilgani aytilayotgan tez yordam xodimi boʻyicha munosabat bildirdi
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q