350 ga yaqin olim, 5 ta xalqaro konferensiya va noyob topilmalar: “Oʻzbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi” mavzusidagi VII Xalqaro kongressi yakunlari

Saqlash
16:33 / 08.11.2023 1576 0

Samarqand shahrida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining “Oʻzbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi” mavzusidagi VII Xalqaro kongressi yakunlandi.

 

Nufuzli anjuman joʻshqin, sermazmun va koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.

 

 

Butunjahon jamiyatining Yettinchi kongressi bevosita Oʻzbekiston hukumatining koʻmagida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Madaniy meros agentligi, Kinematografiya agentligi, UNESСOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, IRSIKA, TURKSOY singari mahalliy hamda xorijiy idoralar va tashkilotlar hamkorligida tashkil qilindi.

 

Taʼkidlash lozimki, Kongress tadbirlari ERIELL Group neft-servis guruhi homiyligida oʻtkazildi.

 

 

Butunjahon jamiyatining bu yilgi yettinchi Kongressida dunyoning 40 mamlakatidan 350 ga yaqin olimlar, ekspertlar, yirik muzeylar va kutubxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar tashrif buyurishdi. 80 nafari ilmiy muassasa va tashkilotlar rahbarlari, 80 yaqini professor va fan doktorlari, 120 dan ortigʻi fan nomzodlari va falsafa doktorlaridir.

 

Kongress davomida beshta xalqaro konferensiya tashkil qilinib, 130 dan ortiq qiziqarli maʼruzalar tinglandi. Ushbu ilmiy anjumanda dunyoning turli mamlakatlari, muzey, kutubxona va shaxsiy toʻplamlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston madaniy merosi durdonalarini oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha yangicha qarash va yondashuvlar tahlil qilindi.

 

 

 

 

VII Xalqaro kongress doirasida “Oʻzbekiston madaniy merosi” turkumidagi kitob-albomlarning 61–70 jildlari, shuningdek, bir qator bezakli, sovgʻabop nashrlar kitoblarining taqdimotlari oʻtkazildi.

 

 

Ilk bor Kongressga turkiy tilli davlatlarning yetakchi kino va media tashkilotlari rahbarlari ham taklif etildi.

 

Mavzuga doir: 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//