Andijondagi muruvvat uyida himoyaga muhtoj bolalar kaltaklangani aytilmoqda

Saqlash
14:44 / 06.11.2023 1129 1

Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanidagi muruvvat uyida himoyaga muhtoj bolalarga xodim kuch ishlatgani aks etgan video tarqaldi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi holat yuzasidan munosabat bildirdi. Unga koʻra, ushbu holat 2023-yilning 24-iyulida soat 12:05 larda, Qoʻrgʻontepa “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyining 6-guruhida sodir boʻlgani aniqlangan. Hozirda holatga qonuniy baho berish boʻyicha Agentlikning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, Qoʻrgʻontepa tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda surishtiruv olib borilmoqda.

Holat boʻyicha kerakli choralar koʻrilmoqda. Oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Qayd etish kerak, avvalroq Andijonda ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi bemor kaltaklangani haqida xabar berilgandi.

1 Izoh

Asila

15:11 / 06.11.2023

Afsuski, hozirgi kunda tahminan bitta yaxshi xabar eshitishim bilan beshtagacha yomon xabar quloĝimga chalinmoqda.Albatta bunga òzimiz sababchidirmiz.Negaki izga inom etilgan vijdon kabi tuyĝularni bozorda pullayotgandirmiz.Insonlar orasida tushunmovchiliklar sabab nizo kelib chiqib mushtlar kòtarilishigaku jahlda deya kòz yumarmiz,ammo ojizlar-u ojizalarga kòtarilgan mushtlarga kòz yumib bòlmaydi,ularni hech bir yòl bilan oqlab bòlmaydi.

Izoh qoldirish

//