Jamiyat
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi “Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini muhokamaga qoʻydi.
Ushbu qonunning maqsadi harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idoralar, boshqa organlar va tashkilotlar harbiy xizmatchilarining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi va harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlarni, shuningdek, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar hamda ularning oila aʼzolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun loyihasi bilan:
harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idoralar, boshqa organlar va tashkilotlarning oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarini hamda ularning oila aʼzolarini;
oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari)ni;
muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini;
harbiy yigʻinni oʻtayotgan rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlarni;
halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish belgilanmoqda hamda shu kabi boshqa asosiy masalalarni tartibga solish nazarda tutilmoqda.
“Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi 4 ta bob, 38 ta moddadan iborat.
Birinchi bobda umumiy qoidalar, ikkinchi bobda harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklari belgilangan. Uchinchi bobda harbiy xizmatchilarning majburiyatlari va javobgarligi, toʻrtinchi bobda yakunlovchi qoidalar yoritilgan.
Mavzuga doir: Harbiylarga ijarada turganlik uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlash miqdori 50 foizga oshiriladi
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q