Jamiyat
Oʻzbekiston prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi hujjat loyihasi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritiladi:
harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash miqdorini 50 foizga oshirish;
harbiy xizmatchilarga va harbiy xizmatdan rezervga (isteʼfoga) boʻshatilgan (chiqarilgan) fuqarolarga turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ularning kalendar hisobdagi harbiy xizmat muddatiga muvofiq dastlabki badal miqdorini oshirish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Qurolli kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarning soʻrovnomasiga asosan harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasining oshirilgan toʻlovlari boʻyicha xarajatlarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratadi, 2024-yildan boshlab zarur mablagʻlarning davlat byudjeti parametrlarida koʻzda tutilishini taʼminlaydi.
Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110002
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73440
Jamiyat
//
Izoh yo‘q