Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanidagi davlat tashkilotlarining rahbar xodimlari ekani aytilayotgan bir guruh shaxslar ish xonasida qarta oʻynayotgani aks etgan foto tarqalgan edi.
Suratda koʻringan Uchkoʻprik tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Dilshodbek Daliyev va tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Sirojiddin Rahmonaliyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Ishdan olingan Dilshodbek Daliyev oʻzining Facebook sahifasida ishdan boʻshash haqida ariza yozgani haqida post qoldirgan.
“Beayb parvardigor. Tan olish ham mardning ishi. Alloh nazaridan qolmasam boʻldi. Men oʻzimni oqlamoqchi emasman. Xato qilgan boʻlsam, qonun oldida javob beraman. Mard boʻlib arizamni yozib, kecha ishdan ketganman”, — degan Dilshodbek Daliyev.
Uning qoʻshimcha qilishicha, rasm eski boʻlib, 26-avgust, shanba, dam olish kuni olingan. Lekin voqea qayerda sodir boʻlganiga oydinlik kiritilmagan.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110002
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73440
Jamiyat
//
Izoh yo‘q