Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tuman hokimi yordamchisi va moliya boʻlimi boshligʻi ekani aytilgan shaxslarning xizmat xonasida qimor oʻynayotgani aks etgan surat tarqaldi.
Uchkoʻprik tumani hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, holat oʻrganilmoqda.
“Mazkur holat Uchkoʻprik tumani hokimligi hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan maʼlumotlarda qayd etilgan davlat tashkilotlarining viloyat boshqarmalari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda oʻrganib chiqilmoqda”, – deyiladi hokimlik munosabatida.
Xabarda oʻrganish natijalari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishi aytilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
112196
Jamiyat
94876
Jamiyat
90958
Jamiyat
75739
Jamiyat
//
Izoh yo‘q