Dunyoning eng kuchli pasporti maʼlum boʻldi. Oʻzbekistonniki nechanchi oʻrinda?

Saqlash
19:28 / 19.07.2023 1120 0

Henley & Partners xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida Oʻzbekiston 78-oʻrinni egalladi.

Respublika pasportiga ega boʻlganlar 59 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniga egaligi taʼkidlanadi. Reytingda bitta oʻringa birdan ortiq davlatlar toʻgʻri kelgan. Shu tariqa Oʻzbekistondan tashqari Burkina-Faso, Kot-dʼIvuar, Gabon, Mavritaniya, San-Tome va Prinsipi, Tojikiston ham 78-oʻrinni qayd etgan.

Soʻnggi besh yil ichida birinchi marta kuchli pasport yetakchisi oʻzgargan, Jumladan Singapur pasporti birinchilikni olgan (192 davlatga vizasiz kirish). Germaniya, Italiya va Ispaniya (190 davlat) ikkinchi oʻringa koʻtarilgan boʻlsa, Yaponiyadan tashqari Avstriya, Lyuksemburg, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya va Janubiy Koreya (189 davlat) uchinchi oʻrinni egallagan.

Ukraina 30-oʻrin (146 ta davlat), Rossiya 49-oʻrin (115 davlat), Turkiya 50-oʻrinni (114 davlat) qayd etgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining pasport reytingidagi oʻrni quyidagicha:

Qozogʻiston 66-oʻrin (77 davlat);
Qirgʻiziston 76-oʻrin (63 davlat);
Oʻzbekiston va Tojikiston 78-oʻrin (59 davlat);
Turkmaniston 87-oʻrin (50 ta davlatga vizasiz);
Afgʻoniston 103-oʻrin (27 ta davlat).

Avvalroq Passport Index tomonidan eʼlon qilingan reytingda Oʻzbekiston pasport mustahkamligi boʻyicha dunyo reytingida 71-oʻrinni egallagandi. Oʻzbekiston pasportiga ega boʻlgan fuqarolar 26 ta davlatga vizasiz, yana 45 ta davlatga esa yetib borgandan keyin vizani olishlari mumkinligi aytilgan.

 

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//