Jamiyat
4-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonun [OʻRQ-851-son] bilan ayrim qonun hujjatlariga ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan maʼmuriy jarima miqdorini belgilashga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. Qonun Senat tomonidan 22-iyun kuni maʼqullangan.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, BHMning 10 baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan ijro etmaslik fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 650 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa 10 baravarigacha (3 mln 300 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ilgari jarimaning eng kam miqdori qatʼiy belgilangan boʻlib, fuqarolarga BHMning 1 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan boshlab jarima qoʻllanilgan.
Maʼmuriy jarima summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emasligi belgilandi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Majburiy ijro byurosi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga endilikda quyidagilar haqli: Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning oʻrinbosarlari; Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari. Ilgari maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash davlat ijrochilariga tegishli boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q