Jamiyat
Senat 22-iyun kuni oʻtkazilgan 42-yalpi majlisda “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan maʼmuriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qonunni maʼqulladi.
Majlisda senatorlar Oʻzbekistonda amalga oshirilgan ishlarga qaramasdan, ijro hujjatlarini ijrosini taʼminlashda ayrim kamchiliklar saqlanib qolayotgani, ushbu sohada tegishli oʻzgartirishlar kiritish zarurligini qayd etdi.
Xususan, ijro hujjati boʻyicha qarzdor undirilishi lozim boʻlgan qarzdorlikni oʻz vaqtida toʻlamasa, MIB tomonidan qarzdorga nisbatan maʼmuriy jarima qoʻllanilishi, ushbu jarimaning miqdori esa Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra fuqarolarga nisbatan 300 ming soʻmdan 1,5 million soʻmgacha, mansabdor shaxslarga nisbatan 1,5 million soʻmdan 3 million soʻmgacha belgilanishi mumkinligi qonunchilik bilan mustahkamlab qoʻyilgan.
Senatorlar, qarzdor tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan qarzdorlik summasi jarimaning eng kam miqdoridan ham kam boʻlsa-da, qarzdorlikka nisbatan yuqori miqdordagi jarima tayinlanishi ijtimoiy adolat prinsiplarining buzilishiga, bu esa qarzdorlarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotganiga hamda mazkur holat tabiiy ravishda fuqarolarning toʻlov qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganiga alohida eʼtibor qaratdi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartishlar kiritilib, bu bartaraf etilmoqda. Xususan, qoʻllaniladigan jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori boʻlishi mumkin emasligi haqida norma kiritilmoqda.
“150 ming soʻm qarzni toʻlamaganlik uchun 300 ming soʻm jarima solish — bu adolatdan emas, albatta. Qolaversa, bunday amaliyot yangi konstitutsiyaviy qoidaga, yaʼni fuqaroga qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir chorasi mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va yetarli boʻlishi kerakligi qoidasiga mutlaqo zid. Yoki maʼmuriy jarimalarni MIBning istalgan ijrochisi emas, balki faqat rahbar xodimlari qoʻllashi mumkinligiga oid norma ham eʼtiborga molik deb hisoblaymiz”, — dedi Senat raisi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q