Jamiyat
Toshkent shahrining 4 ta tumanida yana elektr energiyasi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 22-iyun, payshanba kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:
Olmazor tumani: “Paxta” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
Yunusobod tumani: “Sandiq qoʻrgʻon” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Yashnobod tumani: “Jarboshi” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Mirzo Ulugʻbek tumani: “Gulsanam” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirilgan.
Qayd etish kerak, iyun oyi davomida poytaxtda rejaviy uzilishlar kuzatilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ buni “isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish” bilan izohlamoqda.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111039
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74510
Jamiyat
//
Izoh yo‘q