Toshkentning 7 ta tumanidagi 12 mahallada elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

Saqlash
19:59 / 20.06.2023 1132 0

Toshkent shahrida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari sababli 7 ta tumandagi 12 ta MFYning ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

 

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida bugun, 20-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:

 

Chilonzor tumanining: “Qozirobod” hamda “Koʻrkam” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

 

Yashnobod tumanining: “Mirishkor” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

 

Yangihayot tumanining: “Xoʻjauchqun” va “Viqor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

 

Shayxontohur tumanining: “Chorsu” va “Beltepa” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

 

Bektemir tumanining: “Nurliyoʻl” va “Zabardast” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

 

Mirzo Ulugʻbek tumanining: “Mevazor” va “Zakovat” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

 

Uchtepa tumanining: “Nishabariq” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha.

 

Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ham bildirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//