Jamiyat
20-iyundan eʼtiboran 2023/2024 oʻquv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari boshlangani haqida xabar bergandik.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qabul bilan bogʻliq qator savollarga javob berdi. Xususan, qabul komissiyasi qay holatlarda arizani rad etishi mumkinligi haqida maʼlumot berildi. Bular:
bolaning tibbiy maʼlumotnomasida umumtaʼlim maktabida taʼlim olish tavsiya etilmagan boʻlsa;
tanlagan taʼlim tilida boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasiga ega boʻlmasa;
soʻrovnomada keltirilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlansa.
Arizasi rad etilgan fuqarolar avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchilikni bartaraf etgan holda qayta ariza berishi mumkin.
Qabul jarayonlari 2 bosqichda: 1-bosqich – 20-iyundan 31-iyuliga qadar maktablarga mahalliy hokimlik qarorlari bilan biriktirilgan mikrohudud boʻyicha; 2-bosqich – 1-15-avgust kunlari mikrohududdan tashqari qoʻshimcha qabul jarayonlari amalga oshiriladi.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110002
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73440
Jamiyat
//
Izoh yo‘q