Jamiyat
Oʻzbekistondagi maktablarda 1-sinfga qabul 20-iyun kunidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlum qildi.
Oʻrnatilgan tartibga koʻra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich mikrohudud doirasida (20-iyun – 31-iyul), 2-bosqich – mikrohududdan tashqarida (1-15-avgust). 43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20-iyun soat 10:00 dan boshlab “my.maktab.uz” elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin. Qolgan tumanlarda anʼanaviy shaklda, yaʼni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.
Maʼlumot uchun, 2023–2024-oʻquv yilida respublika boʻyicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q