Jamiyat
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi abituriyentlarni roʻyxatga olish bugun, 20-iyun sanasida kunning ikkinchi yarmida boshlanishini maʼlum qildi.
“Maʼlumki, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni roʻyxatga olish har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar amalga oshirilishi belgilangan.
Ayni vaqtda 2023/2024-oʻquv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini my.uzbmb.uz saytiga joylashtirish ishlari yakunlanmoqda”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlangani haqida xabar berilgandi. Bu haqidagi xabar MyGovUz Telegram kanalida eʼlon qilingandi. Biroq birozdan keyin bu xabar kanaldan oʻchirildi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q