Jamiyat
My.gov.uz orqali abituriyentlarni (2023/2024 oʻquv yili uchun) oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga shaxsiy tashrifsiz, qogʻoz hujjatlar va navbatlarsiz onlayn roʻyxatga olish boshlandi.
Ushbu jarayonda talabgor telefon raqamini avtorizatsiyadan oʻtkazib, pasport maʼlumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan taʼlim muassasasi boʻyicha maʼlumotlarini kiritsa, shuningdek, imtiyozi mavjudlar ularni tekshirib, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikati borlar bu haqdagi maʼlumotlarni yuklasa kifoya.
Taʼlim yoʻnalishini yangi oʻquv yili uchun qabul parametrlarining taʼlim tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlanganidan soʻnggina tanlash mumkin boʻladi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (165 000 soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.
Quyidagi toifaga kiruvchi abituriyentlar toʻlovdan ozod etiladi:
Roʻyxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etishini hisobga olib, abituriyentlar oxirgi kungacha oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishi, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olganlar ular haqidagi maʼlumotlarini keltirishi mumkin boʻladi.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111039
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74509
Jamiyat
//
Izoh yo‘q