Madaniyat
Kinorejissyor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan “Yakshanba” badiiy filmi Xitoyning Shanxay shahrida boʻlib oʻtgan 25-Shanxay xalqaro kinofestivali doirasidagi “Osiyoning yangi isteʼdodlari” yoʻnalishining eng oliy mukofoti – “Oltin kubok”ka sazovor boʻldi.
“Yakshanba” Shokir Xoliqovning katta kinodagi ilk debyuti hisoblanadi. U Kinematografiya agentligi tomonidan taʼsis etilgan 1 milliard 200 million soʻmlik grant bilan taqdirlangan edi.
“Shanxay” xalqaro kinofestivali nufuzli “A” toifadagi yirik festivallardan biri hisoblanib, 1993-yildan beri Xitoyning Shanxay shahrida oʻtkazilib kelinadi.
Maʼlumot uchun, film Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi granti asosida “Yoshlik” studiyasida suratga olingan.
Oyina.uzʼda ushbu film mutaxassislar tomonidan qanday kutib olingani haqida material eʼlon qilingandi. Materialni bu yerda oʻqishingiz mumkin.
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
110901
Jamiyat
94482
Jamiyat
90405
Jamiyat
74367
Jamiyat
//
Izoh yo‘q