“Bozor uzogʻi bilan bir oyda toʻliq tiklab beriladi” – Shavkat Mirziyoyev Qoʻqonda boʻlgan yongʻin haqida

Saqlash
18:04 / 15.06.2023 1220 0

OʻzLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev fargʻonalik saylovchilar bilan uchrashuvda Qoʻqonda boʻlgan yongʻin boʻyicha munosabat bildirdi.

 

“Bir masalaga alohida toʻxtalib oʻtsam. Shu haftada Qoʻqondagi buyum bozorida sodir boʻlgan yongʻin yuzlab tadbirkorlarimizga zarar yetkazdi.

 

Qoʻqonlik tadbirkorlarimiz xotirjam boʻlsin, biz hech kimni oʻz holiga tashlab qoʻymaymiz!

 

Bu bozor uzogʻi bilan bir oyda toʻliq tiklab beriladi, bunga barcha kuch va vositalarni safarbar qilamiz. Kim qaysi doʻkonda faoliyat yuritgan boʻlsa, oʻsha yerda tadbirkorligini davom ettiradi.

 

Yongʻindan zarar koʻrgan barcha tadbirkorlarning kredit va soliq toʻlovlari muddati kechiktiriladi. Ularning qaytadan “oyoqqa turib olishlari” uchun aylanma mablagʻ uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

 

Yongʻin oqibatida bozorga tutash hududlarda zarar koʻrgan aholi xonadonlari toʻliq taʼmirlab beriladi.

 

Umuman, yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilib, bozorlarni zamonaviy, qulay, barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslariga aylantirish boʻyicha katta dastur qabul qilamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Eslatib oʻtamiz, 12-iyun kuni “Buyuk ipak yoʻli” savdo majmuasida katta yongʻin yuz bergandi. Keyinchalik Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//