Jamiyat
12-iyun kuni Qoʻqon shahridagi eng yirik savdo kompleksida yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqalgandi.
FVV bergan xabarga koʻra, yongʻinga soat 19:25 da birinchi boʻlinmalar yetib borgan vaqtda savdo komplekslari ochiq alanga bilan yonayotganligi aniqlangan.
Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari tomonidan koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 20:25 da qurshab olinib, 23:30 da bartaraf etilgan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi. Hozirda Fargʻona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q