Jamiyat
Toshkent viloyatida bir qizni zoʻrlaganlikda gumon qilingan Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, M.N. ismli fuqaroning Toshkent viloyati Qoʻriqlash boʻlimi safdor xodimi Sh.Sh.ga nisbatan arizasi Milliy gvardiyaga “Nemolchi.uz” loyihasi faoli tomonidan yuborilgan. Mazkur arizada fuqaro 2019-yilda Sh.Sh. tomonidan zoʻrlanganini bayon etgan.
Xodim Sh.Sh. 2020-yil fevral oyida ishga qabul qilingan. Jabrlanuvchi huquqni muhofaza qilish organlariga birinchi marta 2022-yilda ariza bilan murojaat qilgan.
Shundan soʻng, fuqaro M.N.ning arizasi Bosh prokuraturada belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan. 4-aprel kuni mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Xodim Sh.Sh.ning kelgusida Qoʻriqlash boʻlimida xizmat oʻtashi toʻgʻrisidagi qaror tergov natijalariga koʻra qabul qilinishi qoʻshimcha qilingan.
Avvalroq Xorazmda oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshliqlari bilan jinsiy aloqada boʻlishga majburlagani haqida xabar berilgandi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q