Jamiyat
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayevning majlisda roʻzador fermerlarni suv ichishga majburlagani haqidagi xabarlar yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat qildi.
Huquq faoli Abdurahmon Tashanov oʻzining Facebookʼdagi sahifasida 31-mart kuni soat 15:00 atrofida majlis chaqirgan tuman hokim qishloq xoʻjaligidagi muammolar haqida gʻazab bilan nutq soʻzlagani, soʻng majlis zaliga suv keltirishni buyurib, “senlar roʻza tutvolib, sipo boʻlib yurasanlar, ishni kim qiladi” deya roʻzadorlarni suv ichishga majbur qilgani haqida yozgandi.
Holat boʻyicha kengash raisi oʻrinbosari Zafar Mustafoqulov Bosh prokuraturaga murojaat xati yoʻlladi. Unda dastlab Konstitutsiyaning 31-moddasi hamda Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunning 4-moddasi eslab oʻtilgan.
“Mamlakatimizda Konstitutsiyaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha referendum oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotgan siyosiy jarayonlar paytida Koson tumani hokimining yuqoridagi xatti-harakatlari ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarning keng eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda”, — deyiladi xatda.
Shuningdek, yuqoridagilarni inobatga olib hokimning xatti-harakatlari yuzasidan prokuror nazorati hujjati qoʻllash masalasini koʻrib chiqilishida amaliy yordam berish soʻralgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga xat kelib tushganini tasdiqlab, hozirda oʻrganish ishlari olib borilayotganini maʼlum qilgan.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q