Ekspertlar sunʼiy intellektni rivojlantirishni toʻxtatishga chaqirishdi

Saqlash
16:58 / 30.03.2023 1469 0

Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask, Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak va mingdan ortiq ekspertlar ilgʻor sunʼiy intellekt rivojlanishini toʻxtatishga chaqiruvchi ochiq xatni imzoladilar. Maktub matni Future of Lige instituti tomonidan chop etilgan.

 

Maktub mualliflari sunʼiy intellektni ishlab chiquvchilarni OpenAI, GPT-4 dan kuchliroq tizimlar ustida ishlashni kamida olti oyga zudlik bilan toʻxtatishga chaqirishdi. Maktubni imzolagan ekspertlar va soha rahbarlari umumiy xavfsizlik protokollari oʻrnatilgunga qadar jarayonlar toʻxtatilishi kerak, deb hisoblamoqda. Ularning fikriga koʻra, agar soha boʻyicha mashgʻulotlarni tezda toʻxtatib boʻlmasa, rasmiylar aralashib, moratoriy qoʻyishi kerak.

 

Maktub mualliflarining fikricha, hatto eng kuchli raqamli sunʼiy ong yaratuvchilar ham ularni boshqara olmay qoladi va zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari odamlar bilan raqobatlasha boshlaydi.

 

Faollar kuchli sunʼiy intellekt doimo ijobiy tomonga foyda berishiga shubha bilan qarashmoqda.

 

“Mashinalarning axborot kanallarimizni targʻibot bilan toʻldirishiga yoʻl qoʻyishimiz kerakmi? Oxir-oqibat bizdan oshib ketadigan, bizni aqldan ozdiradigan, keraksiz qilib qoʻyadigan va oʻrnimizni bosadigan insoniy boʻlmagan onglarni rivojlantirishimiz kerakmi?”, — deyiladi maktubda.

 

AQSH qonun chiqaruvchilari sunʼiy intellektning milliy xavfsizlik va taʼlimga taʼsiri haqida ham savollar berishmoqda. Yevropa Ittifoqi politsiyasi mazkur tizimdan fishing, dezinformatsiya va kiberjinoyatchilikka urinishlarda foydalanish ehtimoli haqida ogohlantirgan.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ilgʻor sunʼiy intellekt Yerdagi hayot tarixida global oʻzgarishlarni amalga oshirishi mumkin.

 

Oʻzbekistonda ham sunʼiy intellekt “Oʻtkan kunlar”, “Sariq devni minib”, “Ikki eshik orasi”, “Boburnoma” kabi asar qahramonlari taʼrifiga mos suratlarini taqdim etishni boshladi. Midjourney Artificial Intelligence platformasiga qahramon taʼrifi kiritilgach, sunʼiy intellekt unga moslab qiyofalar chizib beryapti.

 

Amerikaning Goldman Sachs banki yaqin 10 yil ichida sunʼiy intellekt tufayli jahon mehnat bozorida 300 millionga yaqin boʻsh ish oʻrinlari yoʻqolishini bashorat qildi. Sunʼiy intellekt koʻproq ofis ishchilari va yuridik xodimlar oʻrnini bosishi kutilyapti.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//