Sun’iy intellekt o‘zbek adabiyoti qahramonlari qiyofalarini yaratdi

Saqlash
19:20 / 29.03.2023 3086 1

So‘nggi vaqtlarda MidJourney sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida suratlar yaratish keng avj olmoqda. Xususan, Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani qahramonlarining sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tasvirlari e’lon qilindi.

 

Tarmoq foydalanuvchilari asar bosh qahramonlari — Otabek, Kumush va Zaynabning sun’iy intellekt yordamida yaratilgan suratlari bilan ulashdi.

 

Otabek

Foto: Twitter / Akhmad Sobitov

 

Kumush

Foto: Twitter / Khikmatilla Ubaydullaev 

 

Zaynab

Foto: Twitter / Bobojon

 

Ushbu zamonaviy texnologiya yordamida Alpomish dostoni qahramonining 7 yoshdagi ko‘rinishi ham yaratildi.

 

Alpomishning yoshligi

Foto: Twitter / Farrukh Sharipov

 

Shuningdek, ushbu sun’iy intellekt yordamida tarixiy shaxslarning siymolari ham gavdalantirildi.

 

 

Sohibqiron Amir Temur va Usmoniylar imperiyasi sultoni Boyazid I Yildirim shaxmat donalarini surmoqda.

 

Temuriy shahzoda, Abu Said Mirzoning to‘rtinchi o‘g‘li Umarshayx Mirzo

Foto: Twitter / Khikmatilla Ubaydullaev 

 

Buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek

Foto: Twitter / Khikmatilla Ubaydullaev 

 

Bundan tashqari, Zahiriddin Muhammad Boburning xotiralarini sunʼiy intellekt yordamida tasvirlash loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha “Boburnoma” Telegram-kanalida ishga tushirildi.

 

“Yoshlarga shunday ajdodimiz borligini yana bir bor eslatish va ularning e’tiborini jalb qilishning eng yaxshi yo‘li ular eshitgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanishdir. Bugungi kunda bu MidJourney neyron tarmog‘i”, — deydi loyiha mualliflaridan biri.

 

 

1 Izoh

Asadbek

12:01 / 01.01.1970

Qanday qilb rasmimni sun'iy intellekt qisam boladi

Izoh qoldirish

//