Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi bilan uchrashdi

Saqlash
16:23 / 25.03.2023 1686 0

Saida Mirziyoyeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi va AQSH prezidenti administratsiyasining gender siyosati boʻyicha Kengashi direktori Jennifer Klyayn bilan uchrashdi. U bu haqda oʻz Telegram kanalida maʼlum qildi.

 

Mirziyoyevaning yozishicha, uchrashuvda Oʻzbekistonda Prezident rahbarligida olib borilayotgan muhim islohotlar haqida suhbatlashilgan.

 

 

Suhbatning asosiy mavzularidan biri – xotin-qizlarni gender zoʻravonlikdan himoya qilish va Oʻzbekistonda unga yoʻl qoʻymaslik uchun amalga oshirilayotgan ishlar ekanligi aytilgan.

 

“Umuman, muloqotimiz ochiq va samimiy boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonning Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zoʻravonlik jinoyatini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar faqat qogʻozda qolmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni atroflicha muhokama qildik. Jennifer Klayn bu borada amaliy yordam berishni taklif qildi. Shuni inobatga olgan holda, kelgusida aloqalarimizni yanada mustahkamlash va kengaytirish imkoniyatiga ega boʻlamiz, deb oʻylayman”, — deya yozadi Saida Mirziyoyeva.

 

Mavzuga doir: “Suvga moʻl dengiz faqat Nukus muzeyida osilgan rasmlarda qolgan” – Saida Mirziyoyeva BMT minbarida Orol muammosini koʻtardi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//