Madaniyat
Toshkent viloyati Boʻka tumanidan Salavkiylar sarkardasining noyob koʻzasi topildi, deb xabar bermoqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati.
Boʻka tumanidan tuxumsimon 2 ta xum va 2 ta Toshkent vohasining oʻrta asrlarga oid arxeologik yodgorliklariga tegishli ashyolar topilgan.
Ular orasida sirtiga ayol qiyofasi boʻrttirib gavdalantirilgan toshbaqasimon koʻza noyobdir. Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor topildi. U qadimgi yunon anʼanasiga mos ravishda ishlangan.
.jpg)
Taʼkidlanishicha, bu qadimgi Choch-Toshkent hududiga salavkiylar sarkardasi Demodamning (miloddan avvalgi III asr) kelishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Idishda yunon maʼbudasining tasviri oʻz aksini topgan.
Xuddi shunday qiyofa Turkiyada miloddan avvalgi II asrda qurilgan Apollon ibodatxonasida ham bor.
Avvalroq Denov tumanida milodiy I-II asrlarga tegishli xum idish topilgani haqida xabar berilgandi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q