Madaniyat
2023-yil 2-mart kuni Denov tumani “Qorabogʻ” mahallasida yashovchi fuqaro Bahrom Abdumoʻminov ariq qazish jarayonida katta hajmli sopol xum topgani toʻgʻrisida Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasiga xabar qildi, deb xabar beradi Madaniy meros agentligi.
Qayd etilishicha, xumning tarixiylik ahamiyatini oʻrganish va restavratsiya qilish maqsadida Termiz arxeologiya muzeyi hamda Termiz davlat universiteti tarixchi olimlari tomonidan butunligicha qazib olinib, muzeyga olib kelingan.

Dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra, xum milodiy I-II asrlarga tegishli ekanligi taxmin qilinmoqda. Olimlar tomonidan oʻrganish ishlari davom ettirilayotgani qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jahon
Siyosat
111187
Jamiyat
94537
Jamiyat
90489
Jamiyat
74671
Jamiyat
//
Izoh yo‘q