Jamiyat
Turkiyaning Kahramanmarash viloyatida roʻy bergan zilzila oqibatida bedarak yoʻqolgan Oʻzbekiston fuqarosi Boybekov Rashid Anvar oʻgʻli topildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi xabar berdi.
Qutqaruvchilar tomonidan vayronalar ostidan olib chiqilgan vatandoshimiz hozirda shifoxonaga joylashtirilgan va ilk yordam koʻrsatilmoqda.
Avvalroq Turkiyadagi zilzilada bir oʻzbekistonlik halok boʻlgani, toʻrt hamyurtimiz bedarak yoʻqolgani xabar qilingandi. Keyinchalik Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ulardan ikki nafari bilan aloqa oʻrnatilganini maʼlum qildi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q