Jamiyat
Erta tongga kelib, vayronalar ostidan yana 4 nafar fuqaroning jasadi topilib, jami halok boʻlganlar soni 5 kishiga yetdi.
Kecha, 29-yanvar kuni soat 16:15 larda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri “Temir jol” MFYdagi 4 qavatli uyning toʻrtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino konstruksiyalariga qisman shikast yetgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli idoralar xodimlari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishgan.
30-yanvar kuni soat 02:30 larda FVV qutqaruvchilari tomonidan turli darajadagi jarohatlar bilan vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qizaloq chiqarib olinib, malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Oradan 30 daqiqa oʻtib bino konstruksiyalari orasidan bir nafar fuqaroning jasadi topilgan.
Erta tongga kelib, vayronalar ostidan yana 4 nafar fuqaroning jasadi topilib, jami halok boʻlganlar soni 5 kishiga yetdi.
Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q