Jamiyat
29-yanvar kuni soat 16:15 larda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri “Temir jol” MFYdagi 4 qavatli uyning toʻrtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida havo-gaz aralashmasi chaqnashi sodir boʻlgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino konstruksiyalariga qisman shikast yetgan. Oqibatda uydagi bir nechta xonadonlarning tom va pol qismlari oʻpirilib, 4-qavatdan 1-qavatgacha tushib ketgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli idoralar xodimlari yetib borib, qidiruv-qutqaruv va binoning qulagan konstruksiyalarini tozalash ishlarini amalga oshirmoqda.
Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qiz turli darajadagi jarohatlar bilan qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olinib, malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Bino konstruksiyalari orasidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borish jarayonida bir nafar fuqaroning jasadi topilgan.
Ayni vaqtda binoning konstruksiyalarini tozalash ishlari davom etayotgani qoʻshimcha qilingan.
Voqea yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etilishi aytildi.
Avvalroq chaqnash oqibatida 2 nafar fuqaro — 2003-yilda tugʻilgan S.Sh. va 2004-yilda tugʻilgan Z.A. kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirilgani, ushbu uyda yashab kelayotgan qolgan fuqarolar evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik uy-joy va uch mahal issiq ovqat bilan taʼminlangani haqida axborot berilgandi.
                  Iqtisod
                  Siyosat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
             109695
          Jamiyat
             94081
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73018
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q