Jamiyat
“Hududgaz Toshkent” filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.
Toshkent viloyati prokuraturasining bayonotiga koʻra, tergov harakatlari davomida unga nisbatan qoʻllanilgan qamoq ehtiyot chorasi garovga oʻzgartirilgan.
Bundan tashqari, Muzaffar Aliyevning lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida Jinoyat ishlari boʻyicha sudning ajrimi mavjud. Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Eslatib oʻtamiz, Sardor Umurzoqov rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda energiya resurslari bilan taʼminlash sohasida aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev ayrim maʼlumotlarni ochiqlab, “Hududgaztaʼminot” AJning Toshkent viloyati boʻyicha tarkibiy boʻlinmasi boʻlgan “Hududgaz Toshkent” filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilganini hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinganini maʼlum qilgandi.
Shuningdek, “Yangiyoʻl tumangaz” rahbari Umid Toʻychiyev va “Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi” sobiq rahbari Furqat Shodmonqulovga ham jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani aytilgandi.
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109693
          Jamiyat
             94077
          Jamiyat
             89859
          Jamiyat
             73014
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q