Jamiyat
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda energiya resurslari bilan taʼminlash sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev ayrim maʼlumotlarni ochiqladi.
Bosh prokurorning maʼlum qilishicha, “Hududgaztaʼminot” AJning Toshkent viloyati boʻyicha tarkibiy boʻlinmasi boʻlgan “Hududgaz Toshkent” filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Shuningdek, “Yangiyoʻl tumangaz” rahbari Umid Toʻychiyev va “Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi” sobiq rahbari Furqat Shodmonqulovga ham jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Sardor Umurzoqov boshqa hududlardagi maʼsullarni ogohlantirib, tegishli xulosa chiqarishga chaqirdi.
“Agar boshqa hududlardagi masʼullar ham bundan toʻgʻri xulosa chiqarmasa va qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻysa, ularga ham, albatta, xuddi shunday jinoiy ish qoʻzgʻatiladi” – deydi Prezident administratsiyasi rahbari.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112134
Jamiyat
94818
Jamiyat
90870
Jamiyat
75665
Jamiyat
//
Izoh yo‘q