Avtomobillar uchun shartnoma berish yana bir necha kunga toʻxtatildi – “UzAuto Motors”

Saqlash
18:10 / 09.01.2023 1238 0

“UzAuto Motors” kompaniyasi “SAP” hisob dasturiy taʼminotini amalga oshirishi va mahsulotlarni inventarizatsiya qilishi munosabati bilan barcha avtomobillarni topshirish va toʻlovlarni qabul qilish yana bir necha kunga toʻxtatildi.

 

Kompaniya xabariga koʻra, dasturiy taʼminotni ishga tushirish tadbirlarining oʻtkazilishi sababli “UzAvtoSavdo” ilovasi faoliyati ham vaqtincha toʻxtatib turilishi mumkin.

 

Dasturiy taʼminotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan soʻng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan toʻlovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish toʻliq hajmda qayta tiklanadi.

 

Qoʻshimcha qilinishicha, 2022-yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzgan va vaqtinchalik cheklov uchun oldindan toʻlovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan soʻng, avtomobil uchun oldindan toʻlovni amalga oshirishi mumkin.

 

Shu bilan birga, avtomobil yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar oʻz kuchida qoladi, faqat oldindan toʻlov muddati uzaytiriladi.

 

Qayd etish kerak, kompaniya 4-yanvardan shartnoma berish, avtomobillarni topshirish va toʻlovlarni amalga oshirishni vaqtincha toʻxtatgan va bu bir necha kun davom etishini maʼlum qilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//