Jamiyat
“Bugun, 4-yanvardan boshlab «UzAuto Motors SAP” hisob dasturiy taʼminotini amalga oshirish va mahsulot inventarizatsiyasi oʻtkazilayotgani munosabati bilan, ushbu muddatda kontraktatsiya shartnomasini tuzish, barcha avtomobillarni topshirish va toʻlovlarni qabul qilish vaqtincha toʻxtatiladi.
Bundan tashqari, dasturiy taʼminotni ishga tushirish tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan “UzAuto Motors” ilovasi faoliyati ham vaqtincha toʻxtatib turilishi mumkin.
Dasturiy taʼminotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan soʻng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan toʻlovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish toʻliq hajmda qayta tiklanadi.
2022-yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzgan va 7 kun ichida oldindan toʻlovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan soʻng, avtomobil uchun oldindan toʻlovni amalga oshirishi mumkin.
Shu bilan birga, ular tomonidan avtomobil yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar oʻz kuchida qoladi, faqat oldindan toʻlov muddati uzaytiriladi.
“UzAuto Motors” kompaniyasi isteʼmolchilardan 4-5 kun davom etishi mumkin boʻlgan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunishlarini soʻrab qoladi».
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q