Jamiyat
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov hududda yangi qurilgan koʻp qavatli uylarni koʻzdan kechirar ekan, uylarga kirib-chiqish uchun nogironligi boʻlgan fuqarolarga imkoniyat yaratilmaganini tanqid qildi. Bu haqda viloyat rahbari Shuhrat Abdurahmonovning shaxsiy Telegram-kanalida xabar berildi.
Hokim kanalida eʼlon qilingan videolarda koʻrinishicha, viloyat rahbari quruvchilardan oʻzlari qurgan yoʻlaklar boʻylab nogironlar aravachasida harakatlanib koʻrishni va shu tariqa ish sifatini koʻrishini soʻragan. Bir necha kishi aravachaga oʻtirib, unda harakatlanishga uringan va noqulayliklarga duch kelgan. Qurilish ishlaridagi kamchiliklar sabab ulardan hech biri koʻp qavatli domga ham kira olmagan.
“Hozir bitta nogironni hech qaysing uyingga olib kirolmaysan. Ochiq gaplashaylik. Siz sogʻsiz, tasavvur qiling, nogiron odam boʻlsa, nima qilardi? Bolang, ota-onang, qarindoshing boʻlishi mumkin, bechoralar nima qiladi? Hammang qurdim-qurdim deb ketyapsizlar, hammasi yaxshi deyapsizlar. Nogironlar ham inson, inson qadri deganda ularni ham inobatga olish kerak. Yangi Andijon shahrida shuni inobatga olmasak, hamma qilayotgan ishimiz bir tiyin boʻlmaydimi? Hech qancha yurganing yoʻq, uyning ichiga hali kirolmading ham, kiradigan yoʻl ham yoʻq”, — dedi Shuhrat Abdurahmonov.
Hokim quruvchilardan keyingi qurilish binolarida quyosh panel, sensorli lampochka, isitiladigan hojatxona, nogironga sharoit boʻlishini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻistonda mahalliy amaldorlar nogironlik aravachasida oʻtirib, shahardagi xizmatlardan foydalanish, trotuarlarda harakatlanishni sinab koʻrgani xabar qilingandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q