Turkiston Muxtoriyatiga bagʻishlangan ilmiy anjuman oʻtkazildi

Saqlash
14:41 / 29.11.2022 1370 0

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, “Turon” kutubxonasi va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi hamkorligida “Turkiston Muxtoriyati” ilmiy anjumani boʻlib oʻtdi.

 

 

Yigʻilishda tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo, t.f.d. professor Qahramon Rajabov, t.f.d. professor Saidakbar Agzamxoʻjayev soʻzga chiqib, muxtoriyat tarixi va taqdiri haqida gapirishdi.

 

Yosh tarixchilar Dilnoza Jamolova, Odil Zaripov esa muxtoriyat, jadidchilik va uning matbuoti haqida fikrlar aytishdi.

 

Abdulla Qodiriy ijod maktabi oʻquvchilari Choʻlponning “Turkiston marshi” deya nom olgan muxtoriyat gimnini yodlab, sheʼriy chiqish qilishdi. Shuningdek, Abdulla Qodiriyning “Ahvolimiz” sheʼri oʻqib berildi.

 

 

“Jadidchilikning asl negizi va maqsadi boʻlgan maktablarning isloh qilinishi va bu bilan millatni uygʻotish haqidagi orzulari roʻyobga chiqqanini bugungi tadbirda koʻrish mumkin edi. Yangi Oʻzbekiston yoshlari jadid ajdodlarining jasorati va matonatidan rang olmoqni va ular orzu qilgan jamiyatni qurishni niyat qildilar”, – deydi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Hilola Nazirova.

 

Quyida Oyina.uzʼda Turkiston muxtoriyati mavzusida eʼlon qilingan materiallar bilan tanishishingiz mumkin:

 

Unutmadik, unutmaymiz! 27-noyabr – Turkiston Muxtoriyati eʼlon qilingan kun

 

Turk asirlari tabrigi, Muxtoriyat majlisi – Turkiston muxtoriyati tarixiga doir faktlar

 

Kim qayoqqa yetaklasa ketaveradigan mavjudot emas, jarayonlar tahlilidan xulosa chiqara oladigan shaxslar ommasini yaratish zarur – Gʻozi Olim Yunus

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//