Chilonzorda ikkita yirik avtoturargoh quriladi

Saqlash
11:22 / 05.06.2026 11 0

Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining ro‘yxatiga ko‘ra, Chilonzor tumanida ikkita yirik avtoturargoh quriladi. Bu haqda shahar kengashi qaror qabul qildi.


Qarorga ko'ra, loyihalardan biri Beshqo‘rg‘on mahallasida, Katta halqa avtomobil yo‘li va Bunyodkor shohko‘chasi chorrahasida, ikkinchisi esa Katta Do‘mbirobod mahallasidagi Gavhar ko‘chasida joylashtiriladi.

 

Shuningdek, mazkur obyektlar davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar qatoriga kiritilgan. Qarorga muvofiq, loyihalar 10 yil muddatga mo‘ljallangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//