Unutmadik, unutmaymiz! 27-noyabr – Turkiston Muxtoriyati eʼlon qilingan kun


Saqlash
19:53 / 27.11.2021 4418 0

Bundan 104 yil avval Turkiston Muxtoriyati tashkil etilgan edi.

Ulug‘ donishmand Abdurauf Fitrat Milliy Laylatulqadrimiz deb atagan tirilish kuni edi u.

Ammo oradan 72 kun o‘tmay qonga botirilgan edi.

Turkiston Muxtoriyati...

UNUTMADIK, UNUTMAYMIZ!!!

Juliboy ELTAZAROV

 

Turkiston Muxtoriyati Deklaratsiyasi

 

 

 

Yashasun Turkiston Muxtoriyati!

 

Turkiston musulmonlarining to‘rtinchi favqulodda qurultoyi Turkiston o‘lkasida bo‘lg‘an xalqlarning xohishlari bo‘yicha Rusiya inqilobi tarafidan berilgan asoslarga binoan fidiratsiya asosiga qurulg‘an Rusiya jumhuriyati ila birgalikda qolg‘ani holda Turkistonni yerlik muxtoriyati, ya’ni "территорриальный автономиялик" e’lon qiladur.

 

Bu muxtoriyatning ne suratda vujudga qo‘yilmog‘ini yaqin orada yig‘iladurg‘on Umumturkiston xalqining "Учредительний Собрания"si ("Turkiston majlisi muassasasi")ga topshiradur.

 

Shuning ila barobar Turkiston o‘lkasida aqalliyat tashkil qilg‘an millatlarning huquqlarining har jihatidan saqlanilmog‘ini ham tantanali suratda bayon etadur!

 

«Shahri Ho‘qand».

 

«Ulug‘ Turkiston» gazetasi, 1917-yil 8-dekabr sonidan

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

12:03 / 10.03.2026 0 550
Nega “Momaqaldiroq ostida sayr” qilish kerak?

Adabiyot

13:03 / 04.03.2026 0 408
Tama bilan, shama bilan yozilgan dostonlar tahlili

Til

12:03 / 03.03.2026 0 269
Nega ayrim eski turk bitiklari oʻqilmayapti?





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//